09/01/2026

 Mamlakatimizda 2026-yilning yanvar–fevral oylarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Quyi Chirchiq tumanidagi barcha korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

 Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining asosiy maqsadi, tadbirni amalga oshirish bosqichlari hamda ro‘yxatdan o‘tish savolnomasining tarkibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, census.stat.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.