O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumani hokimligi majlislar zalida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda Chinoz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M. Miryakubov, tuman prokurori Z. Gaipov, tuman IIB boshlig‘i M. Sobirov, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A. Axmatov, shuningdek, tumandagi mahallalar yettiligi vakillari ishtirok etdilar.
Seminar davomida ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uni samarali tashkil etish, ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.





