❇️ Chirchiq shahar statistika bo‘limi ma’sullari tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazildi.
⚡️ Seminarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, shuningdek, ma’lumotlarni aniq va ishonchli to‘plashning asosiy talablari yoritildi.
⚡️ Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish, elektron axborot tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar davomida ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tartibi, bosqichlari hamda elektron tizimlar bilan ishlash bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.





