05/01/2026

🏢 Hurmatli fuqarolar! Ayni kunlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot uchun, ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi: 

1-bosqichda 15-31-yanvar kunlari ya’ni, 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi. 

2-bosqichda 4-28-fevral kunlari “Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi. 

🔻 Ogoh bo‘ling! Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish faqat “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda fuqarolardan hech qanday SMS-kod yoki pul mablag‘lari so‘ralmaydi. 

Shaxsiy ma’lumotlar telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali so‘ralmaydi, onlayn ro‘yxatdan o‘tishda maxsus ishlab chiqilgan yagona rasmiy platforma orqali belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tish savolnomasini to‘ldirasiz. 

“Mahalla yettiligi” a’zolari o‘z mahallasida belgilangan muddatda ro‘yxatga olish tadbirini ifodalovchi maxsus beydjikda va eng muhimi maxsus ishlab chiqilgan yagona rasmiy platforma census.stat.uz sayti orqali sizning ma’lumotlaringizni xavfsiz ma’lumotlar bazasiga yuboradi. 

🔐 Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi va boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.