🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
🔹Shu maqsadda Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida mahalla yettiligi xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Unda shahar hokimining birinchi o’rinbosari A. Eshbayev, statistika boshqarmasi ma’suli I.Boltayev, shahar statistika bo'limi boshlig'i Ulug'bek Bo'riyev va mas’ul rahbarlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
✅Seminar davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash hamda tahlil qilish jarayonlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.





