05/01/2026

 📌 Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shovkat Sattorov hamda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i D. Qo‘shmatova ishtirokida mahalla yettiligi a’zolari uchun aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida aholini ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, aholiga tushuntirish ishlarini olib borish, ma’lumotlarni elektron tizimga aniq kiritish hamda ro‘yxatga olish shakllarini to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Seminar yakunida ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etish va tadbirga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi alohida ta’kidlandi.

src="images/2025_yigilishlar/050120254.jpg" alt="" />