Olmaliq shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev raisligida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ro‘yxatga olish jarayonlarini belgilangan tartib va talablar asosida sifatli tashkil etish bilan bir qatorda, korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlash hamda suiiste’molchilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari asosiy yo‘nalish sifatida muhokama qilindi.
Ro‘yxatga olish jarayonida inson omili bilan bog‘liq xatolarni yo‘qotish, ishlarni halollik, xolislik va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.





