O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19- sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Piskent tumanida tashkil etilgan shtabda navbatdagi tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M. Miryunusov rahbarligida o‘tkazilib, unda ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi, mahallalar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, mahalla “yettiligi” tomonidan xonadonlarning geolokatsiya ma’lumotlarini yuborish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar ko‘rib chiqildi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tushuntirish va amaliy yechimlar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ro‘yxatga olish ishlarini belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.




