🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173 son farmoni bilan 2026-yil 15-yanvar — 28 fevral kunlari muhim tadbir oʻtkaziladi.
✅ Roʻyxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:
1 bosqich 15-31-yanvar
17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoni yaratiladi.
2 bosqich 4-28-fevral
“Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshet orqali roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
‼️Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
‼️Savolnomadagi maʼlumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi.
Savolnoma tarkibi
Jami savollar soni: 71 ta
Aholiga oid: 54 ta
Qishloq xoʻjaligiga oid: 17 ta
✅ Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishini taʼminlaydi.




