O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida"gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida biriktirilgan mas’ul idoralar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Adliya vazirligi ishchi guruhi Bekobod shahrida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari, shtab faoliyati hamda chegara oldi hududlarda joylashgan mahallalar faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida ishchi guruh Bekobod shahar hokimi bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, mazkur tadbirning ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar va tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shu bilan birga, aholiga bayramona kayfiyat ulashish hamda Yangi yilni munosib kutib olish maqsadida mahallalardagi ayrim oilalarga Adliya vazirligining Yangi yil sovg‘alari topshirildi.
❗️ 2025-yil 15-yanvardan boshlab mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlanadi.





