26/12/2025

#bu_qiziq 

▶ Aholini ro‘yxatga olish Konstitutsiya talabidir 

AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra mamlakatda yashovchi har bir inson aholini ro‘yxatga olishda qatnashishi majburiydir. Bu talab 1787-yildan beri amalda. 

▶ Ro‘yxatga olish – siyosiy va moliyaviy qarorlar asosi 

Aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra Kongressdagi o‘rinlar shtatlar o‘rtasida taqsimlanadi. Shuningdek, yuzlab milliard dollarlik federal mablag‘lar jamoalarga yo‘naltiriladi.

 ▶ Fuqarolikdan qat’iy nazar hamma ro‘yxatga olinadi 

AQSHda aholini ro‘yxatga olishda fuqarolar ham, fuqaroligi bo‘lmaganlar ham, qonuniy yoki hujjatsiz rezidentlar ham

bir xil ro‘yxatga olinadi. Bu mamlakat haqida to‘liq va haqqoniy tasavvur berishga xizmat qiladi. 

▶ Aniqlik alohida tekshiriladi 

Ro‘yxatga olish tugagach, Aholini ro‘yxatga olish byurosi maxsus mustaqil so‘rovnoma o‘tkazib, kimdir hisobdan qolib ketmaganini yoki ikki marta sanab yuborilmaganini tekshiradi.