26/12/2025

Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” majmuasida “Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida yoshlar festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda talabalar, vazirlik va idoralar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari, yoshlar yetakchilari hamda ko‘ngillilardan iborat 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.

Festival doirasida vazirlik va idoralar jamoalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilmoqda.