Bugun Milliy gvardiya boshqarmasida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
〽️Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
⚡️ O‘quv seminari davomida ishtirokchilarga 2026-yil 15–31-yanvar kunlari census.stat.uz portali orqali aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn ro‘yxatga olish tartibi, shuningdek jarayonni belgilangan muddatlarda va to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
⚡️ Mas’ul mutaxassislar tomonidan ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish ketma-ketligi, jarayonning asosiy bosqichlari hamda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar atroflicha tushuntirildi.
⚡️ Shuningdek, internet orqali so‘rovnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.





