18/12/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, Piskent tumanida tashkil etilgan shtabda olib borilayotgan ish jarayonlari o‘rganildi.

 O‘rganish davomida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M. Miryunusov tomonidan shtab faoliyati, ro‘yxatga olishga tayyorgarlik holati hamda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan xonadonlarning geolokatsiyalarini yuborish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.