16/12/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining bo‘lim boshlig‘i R. Nurbekov, tuman prokurori J. Xayitboev hamda “O‘zsuvta’minot” AJdan Parkent tumaniga biriktirilgan vakil I. Esanbaev mahallalarda tashkil etilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish uchastkalari, jumladan Oybek mahallasi faoliyati bilan tanishdi.

 Tashrif davomida ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli tashkil etish, yig‘ilayotgan ma’lumotlarning aniqligi va to‘liqligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

 Xususan, mahalla yettiliklari tomonidan GIS texnologiyalari asosida ma’lumotlarni yig‘ish, uy xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi obyektlarini to‘liq qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.