📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Parkent tumaniga biriktirilgan vakil — “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi A. Suvankulov hamda tuman hokimi Elmurod Po‘latov tumanda tashkil etilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📌Tashrif davomida ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, ma’lumotlarning aniqligi va to‘liqligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahalla yettiliklari tomonidan amalga oshirilayotgan GIS lokatsiya asosida ma’lumotlarni yig‘ish, uy xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi obyektlarini to‘liq qamrab olish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi.




