Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2025-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
⚡️Tadbirda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari, Chirchiq shahar statistika bo‘limi xodimlari, shuningdek, shahardagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
⚡️Seminar va amaliy mashg‘ulotlar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, amalga oshirish tartibi, bosqichlari hamda elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
⚡️Ishtirokchilarga jarayonni aniqlik, xolislik va mas’uliyat bilan amalga oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi.





