〽️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakat bo‘ylab o‘tkazilishi belgilangan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.
💠 Shu doirada Toshkent viloyati statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismlar xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning davlat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ma’lumotlarni aniq va ishonchli yig‘ishning asosiy talablari batafsil tushuntirildi. Ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish, elektron tizimga ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish hamda shakllarni belgilangan talablar asosida to‘ldirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
💠 Seminar davomida mutaxassislar tomonidan so‘rovnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish, elektron platformalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar ham o‘rgatildi.





