28/11/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari U.Sadullayev Olmaliq shahar hokimligiga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga doir tayyorgarlik jarayonlari, shuningdek, shtab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida u mas’ullarga ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etish, ro‘yxatga olish tartibi va jarayon bosqichlarini muvofiqlashtirish, hududiy komissiyalar hamda uchastkalar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mas’ul idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

src="images/2025_yigilishlar/281120257.jpg" alt="" />