2025- yil 28- noyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasiga xalqaro ekspert Hakan Demirbuken tashrif buyurdi. Uchrashuvda boshqarma rahbariyati va tarmoq bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdilar.
Tashrif davomida xalqaro ekspert milliy statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi jarayonlar, hisobot va kuzatuvlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, sohadagi ba’zi kamchilik va muammolarni bartaraf etish, jarayonlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Bundan tashqari, Hakan Demirbuken 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari bilan ham tanishdi. U tayyorgarlik bosqichida amalga oshirilayotgan tashkiliy chora-tadbirlar, o‘quv-seminarlar hamda so‘rovnomalar bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan fikr almashdi.






