O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu muhim tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bekobod shahar statistika bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan korxona va tashkilotlar xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Seminarda ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni qayd etish va yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarida PF–173-sonli Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish bosqichlari va uning ahamiyati, shuningdek profilaktika inspektorlari va statistika xodimlarining roli va vazifalari batafsil tushuntirib berildi. Seminarning asosiy maqsadi — korxona va tashkilot xodimlarini ro‘yxatlash jarayonining barcha texnik va tashkiliy jihatlariga o‘rgatish, aniq va to‘liq ma’lumotlar bazasini shakllantirishni ta’minlashdir.

src="images/2025_yigilishlar/271120254.jpg" alt="" />



