26/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Ohangaron tumanida mazkur jarayon bo‘yicha amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.

Bugun Ohangaron tuman prokuraturasida aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Dilshod Sa’dullayev, tuman prokurori katta yordamchisi Lazizbek Akmalov, shuningdek mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etib, ro‘yxatga olish jarayonini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Kun tartibida aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holati, shuningdek aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash istiqbollarini baholash uchun zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida ro‘yxatga olish tadbirlarini belgilangan muddatlarda, aniq va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.