24/11/2025

 Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF–173ga muvofiq 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish” tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda Boʻstonliq tumani “Semurgʻ” bolalar dam olish oromgohida roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik doirasida oʻquv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish bosqichlari, uning ahamiyati, shuningdek, jarayonda profilaktika inspektorlari va statistika xodimlarining vazifalari batafsil tushuntirib berildi.