🇺🇿 Yuqori Chirchiq tuman hokimi Uskenbay Atemov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida tuman hokimligida tashkil etilgan shtabning ish faoliyati o‘rganildi.
✅ O‘rganish jarayonida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, ro‘yxatga olish tadbirlarining amalga oshirilishi, shuningdek, mas’ul idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🔄 Shuningdek, biriktirilgan bo‘lim va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar yuzasidan batafsil fikr almashilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.





