19/11/2025

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bekobod shahrida hududiy statistika organlari tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchilarni tayyorlash maqsadida “Profilaktika inspektorlari” uchun IIB binosida o‘quv-seminar tashkil etildi.