18/11/2025

 ⚡️Toshkent tumani statistika bo‘limi ma’sullari tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda soliq inspeksiyasining 28 nafar malakali xodimi ishtirok etib, o‘z amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

⚡️Seminar davomida ro‘yxatga olish jarayonining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati hamda to‘g‘ri va aniq ma’lumotlar shakllantirishdagi roli batafsil tushuntirib berildi. Qatnashchilarga aholi va qishloq xo‘jaligiga oid savolnoma shakllarini to‘ldirish tartibi, turli holatlarda qo‘llaniladigan yondashuvlar amaliy misollar orqali ko‘rsatib o‘tildi.

⚡️Tashkil etilgan mazkur seminar – tizimli yangilanishlar, aniq hisob-kitob va puxta rejalashtirish sari qo‘yilayotgan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.