Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu muhim tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Oqqo‘rg‘on tumani statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan tuman IIB profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni qayd etish va yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish tartibiga oid amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, jarayonning muhim jihatlari va mas’ullar zimmasiga yuklatilgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar taqdim etildi.





