18/11/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i U. Sattorov tomonidan O‘rta Chirchiq tumani IIB profilaktika inspektorlari hamda Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Seminarlarda Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish bosqichlari, uning ahamiyati, shuningdek, jarayonda profilaktika inspektorlari va statistika xodimlarining vazifalari batafsil tushuntirib berilmoqda.

Shu bilan birga, ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.