18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli tadbir va chellenjlar tashkil etilmoqda.
Bugun O‘zbekiston bayrog‘i dunyoning nufuzli minbarlari va xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’ni va obro‘sini munosib ifodalab kelayotgani har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va g‘urur uyg‘otadi.
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu muhim sana – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi.
Bayrog‘imiz doimo baland, yurtimiz taraqqiyoti barqaror bo‘lsin!







