18/11/2025

 Bekobod tuman prokurori B.X. Jalilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2025 yildagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, ro‘yxatga olish jarayoniga doir chora-tadbirlar, shuningdek, mas’ul idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, biriktirilgan bo‘lim va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

O‘rganish yakunida tuman prokurori jarayonlarning qonuniy, aniq va belgilangan tartibda amalga oshirilishi zarurligini ta’kidlab, mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.