17/11/2025

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘stonliq tumani Xalq ta’limi bo‘limida tashkil etilgan shtabdagi ish jarayonlari tuman prokurori S.Xusayinov tomonidan o‘rganildi.

⚡️O‘rganishlar davomida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ishlari, mas’ul idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

⚡️Shuningdek, biriktirilgan bo‘lim va tashkilotlar xodimlari bilan asosiy vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Prokuror tomonidan jarayonning qonuniy, aniq va belgilangan tartibda amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlanib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.