17/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq shahar hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati shahar prokurori A.Kuldoshev tomonidan o‘rganildi.

 O‘rganish davomida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, ro‘yxatga olish jarayoniga doir tadbirlarning borishi, mas’ul idora va tashkilotlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, biriktirilgan bo‘lim va tashkilotlar xodimlari bilan belgilangan asosiy vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 O‘rganish yakunida shahar prokurori jarayonlarning qonuniy, aniq va belgilangan tartibda bajarilishi zarurligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.