⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda keng ko‘lamli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.
⚡️Mazkur jarayonlarga tayyorgarlik doirasida Parkent tuman prokurori Jasurbek Xayitboev tomonidan tumanda tashkil etilgan ro‘yxatga olish tadbiri shtabi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Unda mazkur muhim tadbirga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud ahvol va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
⚡️Mazkur o‘quv va tayyorgarlik jarayonlari ro‘yxatga olish tadbirining aniq, sifatli va izchil o‘tishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





