Joriy yilning 14-noyabr kuni Quyi Chirchiq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i I. Kamolov tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Tadbirda mahalla inspektorlari ishtirok etib, ro‘yxatga olish jarayonida ularning o‘rni va vazifalari batafsil tushuntirildi.
Muloqot davomida ro‘yxatga olish jarayoni bosqichlari, axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibi hamda mahalla inspektorlari va mahalla vakillari ishlarni samarali va tizimli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bunday o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar ro‘yxatga olish ishlarini tartibli va samarali tashkil etishga, aholiga oid ma’lumotlarni esa to‘liq va ishonchli yig‘ishga yordam beradi.





