O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur muhim jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joylarda o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Xususan, Zangiota tumanida ham “Mahalla yettiligi” tarkibidagi xodimlar ishtirokida Zangiota tumani statistika bo‘limi mas’ullari tomonidan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Seminar davomida ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etadigan mutasaddilarning vazifalari, ma’lumotlarni to‘plash va tizimlashtirish tartibi, hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishlash mexanizmlari batafsil tushuntirildi.





