O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Angren shahrida ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududiy statistika organlari tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchilarni tayyorlash jarayoni boshlab yuborildi. Shu doirada “Mahalla yettiligi” xodimlari uchun maxsus o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv jarayonlari ro‘yxatga olish tadbirining aniq, sifatli va izchil o‘tishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.






