O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabrdagi PF- 173-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025- yil 7- oktyabrdagi 629- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati hokimligi binosida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha viloyat shtabi tashkil etildi.
Hozirda viloyat shtabida mazkur jarayonga aloqador boshqarmalardan jalb qilingan 12 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.
Mazkur shtab a’zolari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha quyi tizim xodimlari faoliyatini muntazam monitoring qilib boradi. Shuningdek, ular o‘rtasida 22 ta hudud, 7 ta shahar va 15 ta tuman taqsimlangan bo‘lib, xodimlar har bir hududda tayyorgarlik ishlarining samarali olib borilishini nazorat qiladi.








