07/11/2025

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur muhim tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududiy statistika organlari tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchilarni o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Shu doirada bugun Bo‘stonliq tumanida ham “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiriga tayyorgarlik yuzasidan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

⚡️Seminarda Milliy statistika qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i M. Jomolov, Ichki Ishlar vazirligi vakili SH.Inagamov, tuman hokimi birinchi o‘rinbosari H.Abduyusupov hamda “Mahalla yettiligi” xodimlari ishtirok etishdi.