05/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Parkent tumanida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi vakili M. Jamolov hamda Toshkent viloyati Parkent tumani mas’ullari ishtirok etdi.

Seminarda tumandagi barcha “Mahalla yettiligi” a’zolari qatnashib, ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, amalga oshirish bosqichlari hamda mahallalarda olib borilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga mavzuga oid tushunchalar, metodik ko‘rsatmalar va namunaviy ish tartiblari bilan tanishtirildi.