05/11/2025

〽️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmoniga 4-ilovaga muvofiq mamlakatimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Zokir Ishpulatov Oqqo‘rg‘on tumaniga mas’ul etib belgilangan.

Kecha 4-noyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumani hokimligida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Unda Oqqo‘rg‘on tumani hokimi T.Bobolov va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Z.Ishpulatov ishtirok etib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada, belgilangan talab va mezonlar asosida tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar.

Farmonga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlarining dastlabki 17 kuni internet orqali, keyingi bir oy mobaynida esa “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshiriladi.

O‘rganish davomida amalga tuman mas’ullari bilan olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, dolzarb masalalar va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi, shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatga olish tadbiri doirasida biriktirilgan mas’ullar ro‘yxatga olish tadbirini samarali tashkil etish, aholi bilan uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish masalalari kelishib olindi.