💥 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Bo‘ka tumaniga biriktirilgan “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ vakillari joriy yilning 3-noyabr kuni tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etishdi.
💥Yig‘ilishda tuman hokimi B. Begmatov tomonidan hududlarda ro‘yxatga olish ishlarini sifatli tashkil etish, ma’lumotlarni census.stat.uz portaliga to‘g‘ri kiritilishini muntazam nazorat qilish va tahlil qilib borish zarurligi yuzasidan mahalla raislari hamda tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.
💥 Shuningdek, “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ vakillari “Do‘stlik”, “Navro‘z”, “Toshloq” MFYlarida va Bo‘ka tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, ro‘yxatga olish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar, ishchi guruhlarning faoliyati hamda aholiga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
💥 Tashrif davomida mahalla raislari, faollar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda ma’lumotlarni to‘g‘ri va sifatli yig‘ish, aholining faolligini oshirish, ro‘yxatga olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.





