24/10/2025

2025- yil 24- oktabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida boshqarma rahbariyati tomonidan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirining ahamiyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda boshqarma mas’ullari tomonidan ishtirokchilarga ro‘yxatga olishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, uning natijalari asosida ishlab chiqiladigan davlat dasturlari hamda statistik ma’lumotlarning ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni” doirasida mehmonlarga boshqarmaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, statistik axborotlarni tayyorlash va e’lon qilish jarayonlari, elektron ro‘yxatga olish tizimining afzalliklari haqida amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida aholining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.