Joriy yilning 23-oktyabr kuni Qibray tumani Yangiobod mahallasida aholi xonadonlariga chiqqan holda, Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik doirasida amaliy tajribalar sinov tariqasida o‘tkazildi.
Ushbu amaliy mashg‘ulot davomida ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi xodimlar xonadonlarda aholi va qishloq xo‘jaligi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron so‘rovnoma orqali to‘ldirish, savollarga to‘g‘ri va aniq javob olish hamda jarayonda axborot tizimlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi va amaliy misollar asosida o‘rganildi.





