✅Ohangaron tumanida bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
✅Ushbu jarayonda Ohangaron tumani hokimligi, viloyat Statistika boshqarmasi hamda tuman Statistika bo‘limi hamkorligida mahalliy tashkilotlar, xususan, mahalla "yettiliklari" bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
✅Tayyorlov ishlarining muhim qismi sifatida ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Seminarlar davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish, shuningdek, aholiga to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot yetkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
✅Mazkur seminarlar ro‘yxatga olish jarayonining sifatli, xatolarsiz va samarali tashkil etilishiga xizmat qilishi bilan birga, xodimlarning malakasini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✅Tashkil etilayotgan bunday o‘quv-amaliy seminarlar kelgusida aholini ro‘yxatga olish ishlarining izchil, aniq va samarali amalga oshirilishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.





