O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i M. Jamolov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari D. Qurbonboyev, shuningdek, Nurafshon shahar mahalla yettiligi vakillari ishtirok etishdi.
Seminarda aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, mazkur tadbirni sifatli o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda mahalla tizimi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.





