22/10/2025

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Аholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026 yilning 15 yanvar — 28 fevral kunlari mamlakatimizda “Аholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish” tadbiri oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik koʼrish maqsadida hududiy statistika organlari tomonidan joylarda roʼyxatga oluvchilarni tayyorlash uchun "Mahalla yettiligi" xodimlariga oʼquv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Oqqoʼrgʼon tumani hokimligida roʼyxatga oluvchi sifatida ishtirok etadigan "Mahalla yettiligi" xodimlari uchun oʼquv-seminari tashkil etildi.  Ushbu seminarda Farmonning mazmun-mohiyati, roʼyxatga olish bosqichlari va uning ahamiyati haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, roʼyxatga olish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni toʼldirish tartibi va boshqa muhim mavzularda maʼlumotlar berildi.

Bu kabi oʼquv-seminarlar muhim tadbir – aholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olish jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish va xalqaro talablar asosida oʼtkazishga xizmat qiladi.