16/10/2025

⚡️Joriy yilning 16-oktyabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma‘sullari tomonidan Yangiyo‘l tumanidagi “Qir-Ariq” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga bag‘ishlangan o‘quv seminarining amaliy mashg‘ulotlari tashkil etildi.

⚡️Seminar davomida ishtirokchilar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllari bilan ishlash bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini amaliyotda sinovdan o‘tkazishdi. Shuningdek, bevosita uy xo‘jaliklarida respondentlar — ya’ni aholi vakillari bilan so‘rovnomalar o‘tkazilib, ilgari o‘rganilgan nazariy bilimlar mustahkamlandi.