15/10/2025

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Jomolov, Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Mexmonov, Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Zulayxo Xudayarova hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Jamoldinov ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Seminar jarayonida ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etish, savolnomalarini to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish usullari, ro‘yxatga olish jarayonlarining shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘qitish davomida ishtirokchilar faol qatnashib, ro‘yxatga olishda shaffoflikni ta’minlash va jarayonlarni yaxshilash bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.