13/10/2025

✅ Joriy yilning 13- oktyabr kuni Ohangaron tumanidagi Yoshlar markazida Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i O. Sattorov tomonidan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabr kungi PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025- yil 7- oktyabrdagi 629- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda “mahalla yettiligi” faollari ishtirok etib, mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar oldilar.

Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘inlarida ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, aholi va qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish usullari, ro‘yxatga olish tadbirlarini samarali tashkil etish, ro‘yxatga olish jarayonida aholining faol ishtirokini ta’minlash, ro‘yxatga olishning shaffofligi va haqqoniyligini ta‘minlash choralari muhokama qilindi.