✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga ko‘ra, mamlakatimizda ro‘yxatga olish tadbirlari 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, 2025- yil 8- oktyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X. Igamberdiyev, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i O.Sattorov Bo‘stonliq tumanining olis hududlarida joylashgan “Burjmullo” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.
Uchrashuvda “mahalla yettiligi” faollari ishtirok etdilar. Unda ishtirokchilarga ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etish, mahalla xaritasini qayta ko‘rib chiqish, xonadonlarni raqamlashtirish, shuningdek aholining mazkur jarayonda faol ishtirokini ta’minlash, ro‘yxatga olish jarayonining shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.





